Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov hamda qator mas’ullar Shayxontohur tumanida joylashgan 59-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish obyekti bilan tanishdilar
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov hamda qator mas’ullar Shayxontohur tumanida joylashgan 59-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish obyekti bilan tanishdilar.
O’rganish jarayonida loyihada ishtirok etayotgan pudratchi tashkilot mas’ullari hamda buyurtmachilarga obyektdagi qurilish-montaj ishlarini sifatli amalga oshirish, bunda ishchi kuchini ko’paytirish va loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
- Yosh avlodning zamonaviy talablar va sharoitlar asosida ta’lim olishini ta’minlash bizning asosiy mas’uliyatimizdir. Bunda har bir jihat inobatga olinishi shart. Sifat, energosamaradorlik asnosida yangi ko’rinish kasb etadigan ta’lim muassasasi bolalarimiz uchun qulay makonga aylanishi kerak, - dedi Sh.Hidoyatov.