UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva vazirlikka kelib tushgan murojaat asosida poytaxtimizning Olmazor tumani "Orzu" mahallasida bo'lib turibdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva vazirlikka kelib tushgan murojaat asosida poytaxtimizning Olmazor tumani "Orzu" mahallasida bo'lib turibdi.  
 
Murojaatga asosan mahalladagi 1-son uyning yerto'lasidan suv chiqayotgani, ko'p kvartirali uyga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkiloti aholi bilan ishlamayotgani kabi holatlar keltirilgan. Ammo vaziyat joyiga borib o'rganilganda, ko'p qavatli uyning yerto'lasi quruq ekanligi, yaqinda to'liq ta'mirdan chiqarilib, muhandislik tarmoqlari yangilangani ayon bo'ldi. Mazkur uyga "Olmazor holding grand" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat ko'rsatilib, bugungi kunga qadar uylarning tom qismida joriy, kirish yo'laklarida to'liq ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, kompaniya ko'p kvartirali uylarning tutash hududlari obodligiga ham alohida e'tibor qaratib kelmoqda.  
 
O'rganish davomida jami 126 ta ko'p qavatli uyga xizmat ko'rsatib kelayotgan kompaniya faoliyatidan aholi roziligini bildirdi. Murojaat mualliflari esa mazkur uylarga ilgari xizmat ko'rsatib kelgan boshqaruv tashkilotlari vakillari ekanligi bildirildi. Vazir o'rinbosari aholi orasida yolg'on ma'lumotlar tarqatish orqali xizmat ko'rsatish sohasidagi tartibni buzayotganlarni qat'iy tanqid ostiga oldi. Bunday ishlardan eng avvalo aholi aziyat chekishi bo'yicha tushuntirishlar berildi. Hattoki sobiq boshqaruv tashkilotlari tomonidan aholi orasida noqonuniy ravishda pul yig'ish ishlari amalga oshirilayotgani, bu bevosita tizimni o'z tizginidan chiqarishga urinish ekanligi ta'kidlandi.

- Boshqaruv tashkiloti xalq oldida hisobdorligini unutmasligi lozim. Har bir qilinayotgan ishdan mulkdorlar xabardor boʻlib turishi kerak, - dedi Ozoda Jo'rayeva.

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat inspeksiyasiga murojaat asosida ikkita boshqaruv tashkilotining faoliyat davrida amalga oshirilgan ishlarini o'rganishi yuzasidan topshiriq berildi. Shuningdek, aholiga ham uylarning holatini yaxshi saqlashda e’tibor berish lozim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtildi.