UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug’iga asosan boshqaruv organlari ishchilari va texnik xodimlarini o‘qitish

Ta’kidlaganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug’iga asosan boshqaruv organlari ishchilari va texnik xodimlarini o‘qitish hamda kasb-hunarga o‘rgatish ishlari tashkil etilgan edi. 

Vazirlik huzuridagi “Kommunal ta’minot markazi” DM mas’ullari tomonidan Navoiy viloyati Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari ishchi xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur òquv kurslari ayni maqsadni ko’zlagan bo’lib, bugun nazariy va amaliy dars jarayonlari o’z yakuniga yetdi.

Xususan, kurs davomida tinglovchilarga sohada  qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari, ularning mazmun-mohiyati bóyicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, o’quv dasturiga jalb qilingan soha mutaxassislari tomonidan kóp kvartirali uylarni tóg’ri ekspluatatsiya qilish, unda xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan turli xil o’quv mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg’ulotlarning tashkil etilganligi o’quv kursi tinglovchilari uchun juda foydali bo’ldi.

Ta'kidlash lozimki, kommunal sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu ma’noda markaz tomonidan tashkil etilayotgan bunday tadbirlar soha rivojida hissa qo’shishi shubhasiz.

Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.