UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi binosida Arxitektura va qurilish sohasida Faxriylar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, hukumatning tegishli Qaroriga asosan Arxitektura va qurilish sohasida Faxriylar kengashi tashkil etilgan edi. Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi binosida mazkur kengashning yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda shaharsozlik va arxitektura sohasini rivojlantirishga doir masalalar ko’rib chiqildi. Faxriylar kengashi raisi K.Tulyaganov boshchiligida olib borilgan yig’ilishda taklif va  tavsiyalar ishlab chiqish haqida so'z yuritildi.

Muhokamalar davomida shaharsozlik norma-qoidalari va standartlarni takomillashtirishda takliflar ishlab chiqish hamda sohada konsepsiya va dasturlarni shakllantirishda ishtirok etish, xususan, milliy arxitektura-madaniy anʼanalarini rivojlantirish hamda aholi punktlarining arxitekturasini rejalashtirish boʻyicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Xususan, Vasiylik Kengashi aʼzolarining kelgusidagi vazifalariga oid chora -tadbirlar belgilandi.