Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi binosida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholining uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlarini qabuli
Xabar berib kelayotganimizdek, haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi binosida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholining uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qilib keladi.
Bugun ham ana shunday qabullarning biri bo’lib o’tdi. Unda poytaxtimizning deyarli barcha tumanlaridan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga doir muammolari tinglandi. Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatayotgan boshqaruv tashkilotlari, xususan, uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozilik, billing tizimi bilan bog'liq hamda ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatishni tashkil etayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Mazkur masalalarni o’z vaqtida bartaraf etish va tushunmovchiliklarni oldini olishda inspeksiya nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Joyida o’rganish talab etiladigan holatlar yaqin muddatlarda shaxsan vazir o’rinbosari tomonidan ko’rib chiqiladigan bo’ldi.
Ma'lumot uchun, bugungi qabulda kelib tushgan jami 8 ta murojaatning 5 tasiga qabul jarayonida yechim topilgan bo’lsa, 3 ta holat nazorat ostiga olindi.





