Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi - BSK faoliyati
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan BSK faoliyati, moddiy-texnik bazasi hamda ko'p kvartirali uylar aholisining ijtimoiy fikrini o'rgangan holda yurtimizda faoliyat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari uch toifaga ajratilgan:
• 20 347 ta ko‘p kvartirali uyni boshqarayotgan 398 ta boshqaruvchi tashkilotlar yaxshi;
• 15 981 ta ko‘p kvartirali uyni boshqarayotgan 369 ta boshqaruvchi tashkilotlar o‘rta;
• 2 007 ta ko‘p kvartirali uyni boshqarayotgan 44 ta boshqaruvchi tashkilotlar og‘ir toifaga mansub.
Bugungi kunga qadar boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ma'muriy bino qurish va binoni ta'mirlash ishlariga 49 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar sarflangan.


Bugungi kunga qadar boshqaruvchi tashkilotlar jami 17 mingdan ziyod zaruriy moddiy-texnika va uskunalar bilan ta'minlangan. Xususan,
• avtotransport – 336 ta
• mototransport – 467 ta
• maxsus transport – 138 ta
• avariyalarni bartaraf etish jamlanmasi – 1 524 ta
• santexnika to‘plami– 1 438 ta
• elektr jihozlari to‘plami – 1 653 ta
• obodonlashtirish vositalari – 3 338 ta
• maxsus kiyimlar to‘plami – 4 689 ta hamda 4 239 tadan ortiq turli xil asbob-uskunalar to‘plami mavjud.
Hozirgi kunda boshqaruv tashkilotlarida jami 11 483 nafar ishchi xodim faoliyat yuritmoqda.


2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 278,6 mlrd so‘mlik mablag‘lar hisobidan 5 684 ta ta'mirtalab ko‘p qavatli uylar ta'mirlan chiqarildi:
Shundan:
- 2 062 ta uyning tom qismi;
- 4 906 ta kirish yo‘laklari;
- 2 798 ta elektr taqsimlovchi shitlar;
- 1 651 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari;
- 1 254 ta uylarning fasad qismi ta'mirlandi.
Shu bilan birga 1 713 ta kodli qulfli temir eshiklar va 5 846 metr/kvadrat framugalarga oyna romlar hamda 5 355 ta energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatildi.



