UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) o‘rtasida imzolangan vazifalar doirasida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari uchrashuv o‘tkazdilar

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) o‘rtasida imzolangan vazifalar doirasida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari uchrashuv o‘tkazdilar.

Unda:
- binolarning energiya samaradorligini oshirishga doir 9 ta ShNQni modernizatsiya qilish;
- Nukusdagi "Pilot" loyiha asosida turar-joy binolari bo’yicha qo’llanma ishlab chiqish;
- hamkorlikda energiya samarador binolarni rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish; 
- qo'shma loyiha doirasida Energiya audit strategiyasini ishlab chiqishda Germaniya tajribasidan foydalanish;
- 2024-yilning avgust oyi so’ngida yakuniy loyihani amalga oshirish uchun Nukusga tashrifni tashkillashtirish;
- tashrif davomida uy-joy egalariga loyiha bo’yicha taqdimot qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, GIZ va institut hamkorligida qurilish va kommunal sohada ustuvor vazifalar bo’yicha istiqboldagi loyihalar rejasi kelishib olindi.