UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan uchrashuvlar bo’lib o’tdi

Ta’kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan joylarda davlatimiz rahbarining tegishli farmoni hamda "Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilish maqsadida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. 

Ayni uchrashuv kuni kecha “Gidroloyiha” AJda ham bo’lib o’tdi. Unda gidrotexnika inshootlar va gidroelektrostansiya (GES) loyihalari bilan shug’ullanuvchi bosh muhandislar ishtirok etdilar. Uchrashuvda xodimlarning malakaviy ko’nikmalarini oshirish, institut tomonidan bu borada yaratilgan sharoitlar bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

Taqdimot davomida zamonaviy texnologiyalar bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining har jabhasiga kirib kelayotgani, bunda mutaxassislarni qayta o’qitish, xorijiy tajriba va ko’nikmalarni o’zlashtirish zarurati haqida fikr yuritildi. 

Shuningdek, tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishga muvaffaq bo’ldilar.