Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida o’quv kurslari tashkil qilib kelinmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh muhandisi sifatida faoliyatni amalga oshirish hamda Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori faoliyatni olib borishga oid o’quv kurslari tashkil qilib kelinmoqda.
Amaliy va nazariy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o’quv dasturi tinglovchilarning bilim va ko’nikmlarini zamonaviy talablar asosida oshirish bilan bir qatorda sohadagi islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishda ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash lozim.
Dars jarayonlarida sohadagi yangiliklar, ularning maqsadi atroflicha muhokama qilinmoqda. Ushbu mashg’ulotlar kurs qatnashchilariga zamonaviy texnologiyalarni amaliyotda qo’llash imkonini bermoqda.





