UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida respublikada faoliyat yurituvchi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlarining malakasi oshirilmoqda

Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida respublikada faoliyat yurituvchi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlarining malakasi oshirilmoqda.

Mazkur sertifikatlash o‘quv kursida sohadagi islohotlar, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, aholi bilan ishlash va unda muloqot madaniyatiga amal qilish yo‘nalishlarida amaliy va nazariy darslar o‘tkazilib kelinmoqda. 

Bugun vazirlikning Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Moʻminov kurs tinglovchilari uchun sohadagi yangiliklar, qonunchilik hujjatlari bilan boshqaruv tashkilotlariga berilayotgan qator imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek, ular oldiga qoʻyilayotgan talablar xususida ma’ruza qildi. Ish samaradorligini oshirishda oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan koʻnikmalar haqida atroflicha tushunchalar berildi. Oʻz oʻrnida boshqaruv tashkilotlarining rahbarlari faoliyatida uchrayotgan masalalar yuzasidan savollariga javob oldilar. 

Eslatib o‘tamiz,  2025-yilning 1-yanvaridan boshlab sertifikatga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.