UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi kadrlar siyosatiga mas’ullar yig‘ilishi o‘tkazildi

Har bir tashkilotda xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda ularning ijtimoiy-madaniy, shaxsiy va psixologik xususiyatlari, jumladan, zarur ehtiyojlari, motivlari, qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, soha taraqqiyotida, avvalo, inson resurslarini rivojlantirish dolzarb vazifadir. 

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yurituvchi kadrlar siyosatiga mas’ullar uchun yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda bo‘lim boshlig‘i Rustam Rasulov so‘zga chiqib, qurilish va kommunal sohadagi keng islohotlar kadrlar salohiyatini oshirishga bo‘lgan talabni orttirayotganini ta’kidladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan dasturlar asosida xodimlarning malakasini doimiy oshirib borish zarurligi qayd etildi. Sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, HRM texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ munosabatlarni rivojlantirish masalalariga ham alohida urg‘u berildi. 

Yig‘ilish yakunida vazirlikning tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalardan kelgan mutaxassislar faoliyatida uchrayotgan muammolar, ularning yechimi yuzasidan bildirgan bir qator savollariga javob oldilar. Shu bilan birga kadrlar siyosatini yaxshilash bo'yicha taklif va mulohazalari qabul qilindi.