UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullaridan iborat delegatsiya Gruziya mamlakatida bo'ldi

Ta'kidlaganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullaridan iborat delegatsiya Gruziya mamlakatida bo'ldi. Unda qurilishga ruxsat berish sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, bosh rejalar ishlab chiqish va ma'lumotlarini raqamlashtirish, natijada sohaning shaffofligini ta'minlash, shuningdek, qurilish obyektlarining murakkablik toifalariga qarab ekspertiza qilish tartibi bo'yicha muhim ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, vakillar  Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi huzuridagi Qurilish siyosati departamenti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, bino va inshootlar turli xil xavf mezonlari (funksional maqsad, qavatlar soni, dizayn xususiyatlari va atrof-muhitga ta'sir darajasi) bo'yicha bir necha sinfga bo'linadi. Xususan, Gruziyada hududiy rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda  zamonaviy geografik axborot tizimlari (GIS) dan  faol foydalaniladi. Bu esa ma'lumotlarni aniqroq tahlil qilish imkonini beradi.

Hamyurtlarimizning Gruziyaga bo'lib o'tgan xizmat safari sohada nazorat tizimini kuchaytirish, qurilish obyektlarini loyihalash, ro'yxatdan o'tkazish va qabul qilishga raqamli texnologiyalarni jalb etish yo'nalishlarida fikr-mulohaza almashishda muhim ahamiyat kasb etdi. O'zaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.