UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi

Ayni kunlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safarning asosiy maqsadi — liftlarga xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish, masofadan boshqarishni takomillashtirish va markazlashgan dispetcherlik tizimini joriy etish borasida ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat.

Delegatsiya vakillari kecha dunyo miqyosida liftlarni raqamli boshqarish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri sanalgan SRH korxonasida bo‘lishdi.

Mazkur kompaniya Germaniyaning “ThyssenKrupp Elevator” texnologiyasi asosida faoliyat yuritadi va ishonchli, xavfsiz lift yechimlari bilan mashhur. Korxona yiliga 11 ming dona yo‘lovchi va yuk ko‘taruvchi liftlar, eskalator hamda harakatlanuvchi yo‘laklar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Shuningdek, kompaniya liftlarga xizmat ko‘rsatish sohasida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish va optimallashtirish yo‘nalishida ham yetarlicha tajribaga ega.

Tashrif davomida vakillar masofaviy boshqaruv, dispetcherlik markazlarini rivojlantirish, xavfsizlik talablari va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston bilan liftlarga xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish borasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

Natijada tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdi.