UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (MUNOSABAT)

Namangan shahrida 7 qavatli “dom” cho‘kayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Davlatobod tumani “Mustaqillik” mahallasidagi 21-sonli turar-joy binosida istiqomat qiluvchi aholi murojaatiga asosan, uy-joyning joriy texnik holati vizual ravishda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, binoning poydevorlari monolit temir-betondan qurilgan. Tashqi qismi tuproq va shag‘al qatlamlari bilan qayta ko‘milgan. Deyarli hech qanday deformatsiya holatlari yo'q. Umumiy texnik holati esa qoniqarli, poydevor mustahkamligiga zarar yetmagan. Tashqi devorlarning pastki (sokol) qismidagi pardoz qatlamlarida qisman eskirish va ko‘chish kuzatilgan, lekin devorlarda deformatsiya alomatlari yo‘q.

Tashqi devorlarning sokol qismidagi suvoq va pardoz qatlamlarining ba’zi joylaridagi yoriqlar  tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelgan.

  • Yer to‘ladagi suv ta’minoti uzelida (nasos va quvurlarda) nosozlik borligi sababli yer to‘la pol qismida namlanish kuzatilgan.
  • Bino atrofidagi 4,5–5 metr masofada joylashgan eskirgan suv va oqova tarmoqlari nosozligi sabab yo‘laklarda cho‘kishlar yuzaga kelgan, natijada asfalt qoplamada 5 mm gacha bo‘lgan darzlar paydo bo‘lgan.
  • Tashqi yomg‘ir suvlari drenaj tizimidagi kamchiliklar sababli, bino atrofi va kirish zinalari ostidagi gruntlarning cho‘kishi (prosedka) kuzatilgan. Bu esa beton qoplamalarda yoriqlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Holat tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.