Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi (MUNOSABAT)
Ko'p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan majburiy badallarning minimal tariflari ana shu xizmatlarni ham o’z ichiga olgan.
Hashar- qadriyatlarimizning eng go’zal ifodasi. Bahor mavsumida bunday tadbirlarni doimiy olib borish esa boshqaruv organlarining asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda hashar tadbirlari uchun aholidan pul yig’ilgan, degan fikrlar asossiz.