Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda "Eng yaxshi boshqaruv organi" tanlovi va eng yaxshi BSK xodimlarini taqdirlash bilan bog'liq e'lon qilingan materiallar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, eng salohiyatli boshqaruv organlari tajribasini ommalashtirish maqsadida "Eng yaxshi boshqaruv organi" tanlovi o'tkazildi.
Tanlov Nizomiga muvofiq ishtirokchilar bir qator talablar, xususan, "Mening uyim" billing tizimi asosida ishlashi, elektron reestrda ro'yxatdan o'tganligi, aholiga 24/7 ish rejimida xizmat ko'rsatishi kabi jihatlar inobatga olingan.
Tanlovning ikkinchi bosqichida komissiya a'zolari bevosita mulkdorlar bilan suhbat qilib, boshqaruv organi haqida ularning fikrini o'rgangan.
Ta'kidlash lozimki, tanlovning respublika bosqichiga tuman (shahar), viloyat (shahar) bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan boshqaruv organlari yo'llanma bilan chiqqan. Bunda bugungi kunda boshqaruv organlariga qo'yilgan barcha talablar inobatga olingan.