Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida joriy yilning noyabr oyida kommunal sohaga oid kelib tushgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
- Yunusobod tumani 6-mavze 36-sonli koʻp qavatli uyning yertoʻlasi suvga toʻlgani yuzasidan e'lon qilingan xabar bo'yicha ayni damda kamchiliklar bartaraf etilyapti. Maxsus apparat yordamida yerto'ladan suv tortib olinmoqda.
- Ushbu tumanning 9-mavzesidagi koʻp qavatli uyning tom qismidan chakka oʻtayotgani bois hozirda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan joriy ta'mirlash ishlari olib borilyapti.
Ikkala holat yuzasidan ham ishlar to'liq nazoratga olingan.