UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (MUNOSABAT)

“Generalissimus” telegram kanali orqali e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Mazkur mavzuda joriy yilning 4-sentabr kuni e'lon qilingan videolavhada to'liq ma'lumot berilganligini eslatib o'tamiz!

Ta'kidlanganidek, 18 229 ta pudrat tashkilotlari boʻyicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga intgeratsiya qilingan vazirliklar va idoralar elektron bazalariga platforma tomonidan soʻrovlar yuborilgani, joriy yilning 4-sentabr holatiga 2 811 ta pudrat tashkilotlari boʻyicha maʼlumotlar keltirilganligi, qolgan 15 418 ta tashkilotlarga tegishli ma'lumotlar esa kamchiliklarga ega yoki mutlaqo toʻldirilmagan.

Shuningdek, joriy yilning 12-sentabrida  tizim faoliyatiga tegishli kanal orqali e'lon berilib, yangi mezon talablari asosida 18 229 ta pudrat tashkilotlari bo'yicha qayta soʻrovlar yuborilganida 18 229 ta pudrat tashkilotidan faqat 3 073 tasi boʻyicha maʼlumotlar to'liq kelgani ma'lum bo'ldi.

Ushbu holatdan kelib chiqib, bugungi kunda 3 073 ta pudrat tashkilotlari bo'yicha yangi reyting ballari elektron tender platformasida qoʻllangan taqdirda, mazkur 3 073 ta pudrat tashkiloti tenderlarda ishtirok eta oladi. Natijada elektron tenderlar jarayonlarida haqqoniy raqobatning cheklanishi hamda davlat xaridlaring noxolis oʻtkazilishiga zamin yaratiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qurilish-pudrat tashkilotlariga yana bir marotaba eslatib o'tamiz, saytga joylashtirilgan yangi mezonlar (https://t.me/shaffof_qurilish/132) boʻyicha qisqa muddatlarda o'z ma'lumotlaringizni vazirlik va idoralarning elektron bazalarida toʻgʻrilab olishingiz faoliyatingiz samarasi uchun xizmat qiladi!