UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi (MUNOSABAT)

Xabar berganimizdek, kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining navbatdagi “Ko'p kvartirali uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbir o’tkazilishi bo’yicha e’lon joriy yilning 8-avgust kuni vazirlikning rasmiy kanallarida berilgan bo’lib, unda barcha OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollari taklif qilingan.

Qalampir.uz nashriga ko’ra matbuot anjumaniga nashr muxbiri kiritilmagan. 

Ta’kidlash lozimki, AOKA bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda ishtirok etish uchun jurnalistlar ro’yxati vazirlik tomonidan shakllantirilmagan. Binoga jurnalistlarni kiritish yoxud kiritmaslik ham vazirlik vakolatidagi vazifa emas. 

Videolavhada muxbirning tadbirda jurnalistlar soni kam ekanligi ta’kidlangan. Ammo anjumanda 10 dan ziyod OAV vakillari ishtirok etib, ularning aksariyati o’zlarining savollariga mas’ullardan  javob olishga muvaffaq bo’ldilar.

Ta’kidlash kerakki, matbuot anjumani tanqidiy masalalar tahlili  va qizg’in muhokamalarga boy tarzda o’tdi. Shu bois vazirlik “achchiq savollardan qo’rqdimi”, - deya ta’kidlangan fikrni asossiz deb hisoblaymiz. Vazirlik mas’ullari hamisha jurnalistlar, blogerlar hamda keng jamoatchilik  uchun ochiq bo’lishga intiladi va o’zaro hamkorlikni yuksak qadrlaydi. 

Yana bir bor eslatib o’tamiz, vazirlik jurnalistlar bilan muloqotga doimo tayyor! Har qanday savol va takliflaringiz bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin.