UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI (RASMIY MUNOSABAT)

TTZ, Yugnakiy mavzesida shirkat yaxshi ishlamayotgani, yog‘ingarchilikdan so‘ng tomdan suv o‘tib, kirish yo'laklarini abgor ahvolga keltirib qo‘yishi, tok urish xavfi paydo bo‘layotgani yuzasidan shikoyat qilingan holat tegishli mutasaddilar tomonidan o'rganildi. Haqiqatan ham, yomg'ir yog'ishi oqibatida ko'p qavatli uyning texnik holatiga zarar yetgani aniqlandi. Hozirda mazkur ko'p qavatli uyga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkiloti tomonidan ta'mirlash-tiklash ishlari boshlangan. 

Xuddi shunday holat Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 6-a uyda ham kuzatilgan bo'lib, mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan boshqarub tashkilotiga aniq topshiriqlar berilgan. Xususan, ko'p kvartirali uyning tom qismida joriy ta'mirlash ishlarini olib borish lozimligi ta'kidlandi. 

Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli turar-joylardan birining kirish yo'lagi suv bilan to‘lgani aks etgan videolavhadagi holat ham hozirda to'liq bartaraf etilgan bo'lib, hozirda muammoning tub ildizini topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sergeli tumani Qo‘yliq 5-mavzesi 11-uy 25-xonadon egasining tom qismi necha yillardan beri ta’mirlanmasligi, shiftlardan suv o‘tishi yuzasidan bildirgan shikoyati ham joyida o'rganib chiqildi. Fuqaroga joriy yil ko'p kvartirali uyning tom qismini to'liq ta'mirlash yuzasidan tushunchalar berildi. Hozirda muammoli qismlarni joriy ta'miqlash bo'yicha ishlar boshlab yuborilgan. 

Uchtepa tumani 24-daha 53-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan uyning yerto‘lasi yog‘ingarchilikda suvga to‘lishidan qilingan shikoyat “Centirion 24” boshqaruv tashkiloti bilan birgalikda o'rganildi. Hozirda muammoni bartaraf etish choralari ishlab chiqilmoqda. Xususan, ta'mirtalab quvurlarni almashtirish jarayonlari olib borilmoqda. 

Chilonzor tumani Algoritm 1-uy 170-xonadonda yashovchi fuqaro uyidan suv o‘tishi, badbo‘y hid kelishi yuzasidan qilingan murojaat bo'yicha ham o'rganish ishlari olib borildi. Mazkur uyga xizmat ko'rsatuvchi shirkatning e'tiborsizligi qat'iy tanqid qilinib, 1 hafta muddat ichida muammoni bartaraf etish yuazsidan topshiriq berildi. 

Yunusobod tumani 11-kvartal 47-uyning tomidan kirish yo'lagiga suv oqib kirayotgani tasvirlangan holat mutaxassislar tomonidan o'rganildi. Hozirda muammoni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda. 

Yashnobod tumani Aviasozlar 2-dahasi, 40-uy, 69-xonadonda yashovchi fuqaro uyining tom qismidan suv o‘tishi, uy devorlaridan badbo‘y hid chiqayotgani yuzasidan shikoyat qilingan holat hozirda tegishli mutasaddilar nazorati ostida bartaraf etilmoqda. 

Yunusobod tumani 4-dahasi 72-uy yerto‘lasi suvga to‘lgani ta’kidlangan, mas’ullarga qilingan murojaat foyda bermayotgani aytilgan holat o'rganilganda, haqiqatan ham oqova suv quvurlariga aholi tomonidan turli chiqindilar tashlanishi oqibatida tiqilish kuzatilgani, bu esa yerto;lada anti sanitar vaziyat yuzaga keltirgani aniqlandi. Hozirda aholi orasida targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.