UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (RASMIY MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomaterial yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Ziyayev tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yuborilgan murojaatlar bo‘yicha ikki xil mazmundagi javob xatlari berilgani ta’kidlangan. Ushbu masalaga izoh berish zarurligi ko‘rinmoqda.

Dastlab “BILLUR B.Sh.S.” MCHJ tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlarida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, turar joy binolari orasidagi masofa normativlarga mos kelmagan, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha talablar bajarilmagan hamda loyiha jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmagan. Shu sababli vazirlik tomonidan birinchi javob xatida mazkur loyiha hujjatlariga salbiy xulosa berilgan.

Keyinchalik MChJ tomonidan kamchiliklar qisman bartaraf etilib, loyiha hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur hujjatlar ko‘rib chiqilganda amaldagi shaharsozlik normalariga muvofiq murakkab sharoitlarda binolar orasidagi masofani qisqartirish imkoniyatlari ham hisobga olingan. Natijada, loyiha bo‘yicha boshqa mazmundagi javob xati berilgan. 

Shunday qilib, vazirlikning ikki xil javobi aslida bir-biriga zid emas, balki turli bosqichlarda, ikki xil loyiha hujjatiga nisbatan chiqarilgan xulosalardir.

Ma’lumot o‘rnida shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimizki, G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Ziyayevga tegishli yakka tartibdagi yer maydoni bo‘yicha ham qonuniylikni tekshirish chog‘ida hujjatlarda qalbakilashtirish alomatlari aniqlanib, tegishli materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 

Yuqoridagi holat esa vazirlikning qarashlarida o‘zgaruvchanlik emas, balki loyiha hujjatlarida aniqlangan kamchiliklarning bosqichma-bosqich bartaraf etilishi bilan izohlanadi.

Qurilish sohasidagi har bir loyiha tegishli normativlarga muvofiqligi, xavfsizlik, sanitariya va ekologik talablarga rioya etilishi hamda aholining manfaatlari inobatga olingan holda ko‘rib chiqilishi qat’iy ta’minlanadi. Shu o‘rinda, bunday masalalar bo‘yicha yakuniy qaror sud organlari vakolatiga kirishini qayd etish lozim.

Shu o'rinda jamoatchilik faollariga mavzu mohiyatini to‘liq o‘rganmay turib, davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga urinish tegishli tartibda  javobgarlikka olib kelishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.