UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI (RASMIY MUNOSABAT)

Uchtepa tumani 23-daha 68-uyda yashovchi fuqarolar murojaatida kirish yo'laklari, zinapoyalari, lifti abgor ahvoldaligi, ta’mirtalab holatga kelib qolgani tasvirlangan holat mutaxassislar tomonidan o'rganildi. Hozirda mazkur uyga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkiloti tomonidan muammoni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

Toshkent shahar Yunusobod tumani 14-daha 57-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar kommunal xizmatlarni ko‘rsatuvchi shirkat o‘z vazifalarini bajarmay, xizmat ko‘rsatish narxlarini oshirib yuborgani yuzasidan norozilik bildirib o‘tilgan video yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz. Mazkur holat hududga mas'ul bo'lgan mas'ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganilib, fuqarolar bilan suhbat o'tkazildi. Ularga ko'p kvartirali uy "taqdiri" ni belgilash o'z qo'llarida ekanligi, boshqaruv tashkilot aholi roziligi asosida tayinlanishi bo'yicha atroflicha tushunchalar berildi. 

Xuddi shunday holat Yunusuobod tumani 11-daha 57-ko‘p qavatli uyda ham kuzatilgan bo'lib, murojaatchilar shirkatning faoliyatidan noroziligini bildirgan. Mazkur hududda ham mutaxassislar tomonidan aholi orasida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borib, murojaati yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. 

Yunusobod tumani 8-daha 6-ko‘p qavatli turar joyning kanalizatsiyasi avariyaviy holatga kelib qolgani yuzasidan shikoyat bildirilgan bo'lib, hozirda boshqaruv tashkiloti tomonidan ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilayotganini ma'lum qilamiz.