UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan aholining kommunal sohaga oid murojaatlari haftaning har juma kunlari o’tkazib kelinadi

Kommunal soha aholining turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois undagi murojaatlar o’z vaqtida bartaraf etilishi shart.

Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan aholining kommunal sohaga oid murojaatlari haftaning har juma kunlari o’tkazib kelinadi.

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida o’tkaziladigan ayni tadbirlarda jismoniy va yuridik shaxslarning ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish, noqonuniy qurilmalar, billing tizimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalaridagi murojaatlari qabul qilib kelinmoqda.

Ayni paytda bo’lib o’tayotga  qabulda ham poytaxtimiz aholisi vakillarining uy-joy mulkdorlari shirkati hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatidan norozilik, boshqaruv tashkilotlarining tashkiliy munosabatlaridagi muammolariga oid murojaatlari tinglanmoqda.

Hozirgacha 4 ta murojaat qabul qilingan bo’lsa, shulardan 3 tasiga ijobiy yechim berildi. 1 ta murojaat joyiga chiqib, o’rganiladigan bo’ldi.