UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan haftaning juma kunlari rahbariyat qabuli o'tkazib kelinadi

Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sifati, bunda boshqaruv organlari faoliyati, noqonuniy qurilmalarni oldini olish, billing tizimi, kommunal resurslar ta’minoti har qanday vaqtda ham o’z aktualligini yo’qotmaydigan mavzulardir. Aholining eng zarur ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan mazkur yo'nalishlarda murojaatlarni qabul qilish va o'z vaqtida bartaraf etish dolzarb vazifa hisoblanadi. 

Shu ma'noda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan haftaning juma kunlari rahbariyat qabuli o'tkazib kelinadi. Bugun ham vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid 10 ga yaqin murojaati qabul qilindi. 

Jumladan, ko'p qavatli uyning birinchi qavatini noturarga o'zgartirish orqali, tayanch devorlarga o'zgartirish kiritish, ko'p qavatli uylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotganlarning muammosi, uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozilik, billing tizimidagi tashkiliy masalalar o'rganildi. Vazir o'rinbosari aholi bilan suhbat davomida ularning daxldorligini oshirish qanchalik ahamiyatli ekanligiga to'xtaldi:

- Kommunal soha ko'p tarmoqliligi hamda ushbu tarmoqlar bevosita bir-biri bilan bog'liqligi bilan ham murakkab. Ta'kidlash lozimki, biz uchun yaratilayotgan har bir sharoit ortida juda katta mehnat mavjud. Shu bois biz ushbu ne'matlar qadriga yetishimiz, eng katta mulkimiz hisoblangan uyimizni asrab-avaylashimiz kerak, - dedi Ozoda Jo'rayeva

Bugungi qabulda kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi ijobiy hal etildi. Bitta murojaat joyiga chiqqan holda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o'rganiladigan bo'ldi.