UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi va bir qator daxldor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida vazirlik binosida seminar o’tkazilishi rejalashtirgan

Ayni kunlarda geotexnika va seysmika sohalaridagi xalqaro ekspertlar O’zbekistonda bo’lib turibdilar. Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi va bir qator daxldor tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida vazirlik binosida seminar o’tkazilishi rejalashtirgan.

Ko'p qavatli bino va inshootlar uchun poydevorning zamonaviy dizayni xususiyatlari hamda tog’li hududlarda qurilish obyektlarining mustahkamligini ta’minlash kabi mavzularga bag’ishlangan ushbu seminar vazir o’rinbosari Toir Alimatov tomonidan ochib berildi:

- Ushbu seminar va uchrashuvlar qurilish hamda infratuzilma sohasida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini oʻrganish va oʻzaro tajriba almashish uchun muhim maydon yaratadi.
Bugungi kunda qurilish sohasi iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylanib bormoqda. Buni biz qurilish ishlari hajmi yildan yilga oʻsib borayotganligida koʻrishimiz mumkin. 
Masalan, 2023-yilning hozirgi davriga mos ravishda qurilish ishlari 109.1%ga oʻsganligi buning yorqin dalilidir. Oʻzbekiston innovatsiyalarni joriy qilish va barqaror rivojlanishni taʼminlash yoʻlida faol harakat qilmoqda,- dedi T.Alimatov.


Tadbirda ta’kidanganidek, yuqori togʻli hududlar va murakkab geologik sharoitlarda inshootlarni loyihalash hamda zilzilabardosh yechimlarni ishlab chiqish sohalarida xalqaro hamkorlik ustuvor yoʻnalishlardan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bu borada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali sohani yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga xalqaro hamkorlikning eng muhim tomoni shundaki, bu bizga xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda eng soʻnggi ilm-fan yutuqlari bilan tanishish imkonini beradi. 

Hozirda qiyaliklar va tunnellarning barqarorligini oshirish, yangi monitoring tizimlarini joriy etish va milliy standartlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishni rejalashtirilmoqda.