Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida ayni damda aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida ayni damda aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.
Hozirga qadar 5 ta murojaat qabul qilindi. Xususan, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan takliflar, boshqaruv organini elektron reyestrga biriktirish tartibi, “Mening uyim” billing tizimi hamda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organi faoliyatidan norozilik kabi masalalar muhokama qilindi.
Ozoda Jo’rayeva aholi bilan suhbatda tizim tobora raqamlashib, boshqaruv organini o’zgartirish, tizimga biriktirishda inson omili kamayib borayotganiga urg’u berib o’tdi:
- Biz ko’p qavatli uylardagi noqonuniy xatti-harakatlarga tizimni to’liq raqamlashtirish orqali chek qo’yamiz,- dedi vazir o'rinbosari.