UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bayram oldidan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bayram oldidan tadbir bo‘lib o‘tdi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda 2023-yilda qurilish va kommunal sohada amalga oshirilgan  ishlar, vazifalar va yechimini kutayotgan masalalarga ham e'tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, respublika bo‘yicha jami qurilish ishlari hajmi 2023-yilda 140  trln so‘mga yetkazildi va o'sish holati 106,9 foizga yetdi. Ko‘rinadiki, qurilish sohasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishi sifatida tobora takomillashib bormoqda. Uy-joy va kommunal sohasida ham aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, issiqlik ta’minotini yaxshilash va olis hududlarga ichimlik suvi ta’minotini olib borishdagi yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Sherzod Hidoyatov vazirlik va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarning mehnatini alohida e’tirof etar ekan, sohalardagi yutuqlarga erishishda ularning o‘rni muhim bo‘lganligini ta’kidladi va kelayotgan yangi yil bilan barchani samimiy qutladi.

- Bugun mamlakatimizning har bir jabhasida yuqori o‘sish sur’atlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu eng avvalo davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgangan odilona siyosat natijasi deb bilaman. Eng quvonarlisi, O‘zbekistonning rivojlanish ko‘rsatkichlarini bugun xalqaro maydonlarda ham yuksak baholanmoqda. Bunday e’tirof bizga faxr tuyg‘usini bag‘ishlashi bilan birgalikda mas’uliyatimizni yanada orttiradi. Yangi ulkan rejalar, marralar tomon yo‘naltiradi, - dedi Sherzod Hidoyatov.

Shuningdek, tadbirda vazirlik mutasaddilari ham so‘zga chiqib, joriy yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kirib kelayotgan yangi 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va rejalar xususida to‘xtalib o‘tdilar.