UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida "Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi" Nizom mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida "Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi" Nizom mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 19-iyundagi 95-son Farmoni asosida ishlab chiqilgan mazkur Nizom yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili Rustam Qayumov tomonidan hujjatning mazmuni, maqsad va vazifalari, shuningdek, uning amaliy ahamiyati haqida vazirlik mas'ul xodimlariga tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanishicha, Nizomda davlat tashkilotlaridagi vakant lavozimlarga ichki va tashqi tanlovlarni o‘tkazish jarayonlari, tanlov jarayoni va nomzodlarni saralash tartibi, test sinovlari hamda suhbatlar jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash mexanizmlari belgilab berilgan. Shuningdek, nomzodlarni baholashda aniq va xolis mezonlarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilgan.

Yig‘ilish davomida Nizom doirasida ishchi xodimlarning faoliyat samaradorligini baholashda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, KPI tizimini joriy etish va inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or loyihalar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni adolat, ochiqlik va shaffof tizim asosida amalga oshirib kelinadi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida vazirlikning Tanlov komissiyasi tomonidan jami 72 ta tanlov o‘tkazilib, 40 nafardan ortiq xodim ishga qabul qilingan.