UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida “eskrou” tizimiga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida ulush kiritish tizimida “eskrou” tizimini joriy etish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda tegishli vazirlik va idoralar, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa tijorat banklari, O‘zbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyazmuhamedov “2026-yildan boshlab qurilishga ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Bu fuqarolarning mablag‘larini himoya qilish va qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash uchun muhim qadam. Hozirda “eskrou” hisobvaraqlarini joriy etish tartibi ishlab chiqilib, nafaqat davlat organlari, balki quruvchilar bilan ham muhokama qilinmoqda. Muhimi, qarorlar amaliy tajriba va real ehtiyojlar asosida shakllantirilmoqda”, - deya ta’kiladi. 

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar belgilab olindi.