UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida haftaning har juma kuni vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholining kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida haftaning har juma kuni vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholining kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qiladi. 

Bugungi muloqotda  poytaxtimiz tumanlaridan kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga oid muammo va takliflari tinglandi. Xususan, BSKlar faoliyatidan norozilik, asossiz hisoblangan debitor qarzdorlik, billing tizimi, uylarning noturar  qismidan foydalanishdagi tashkiliy masalalarga oid murojaatlar qabul qilinmoqda. 

Hozirga qadar 4 ta murojaat qabul qilingan bo’lsa, shundan 3 tasi joyida ijobiy hal etildi. 1 ta murojaat ko’p qavatli uylardagi umumiy yig’ilish o’tkazish yo’li bilan hal etilishi, bunda vazirlik mas’ullari ham ishtirok etishi ta’kidlandi.

Rahbariyat qabuli davom etmoqda.