UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida har haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o’tkazib kelinadi

Ta’kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida har haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o’tkazib kelinadi.

Bugungi tadbirda ham poytaxtimizning Yashnobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug’bek, Chilonzor tumanlaridan kelgan murojaatchilar o’zlarining uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga oid muammo va takliflari qayd etildi. 

Xususan, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyatidan norozilik, asossiz qarzdorlik, billing masalasi, uyning yerto’la qismini ta’mirlash, shuningdek, boshqaruv tashkiloti ma’muriy binosi uchun yer ajratish masalalari ko’rib chiqildi. 

Ozoda Jo’rayeva ko’p qavatli uylar holatini saqlashda boshqaruv organi aholi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borish lozimligini ta’kidladi:

- Biz o’z uyimiz taqdiriga o’zimiz mas’ulmiz. Men joylarga chiqqanimda faol fuqarolarni ko’rsam, xursand bo’laman. Chunki o’z uyi uchun jon kuydiradigan, boshqaruv organidan xizmatni talab qiladigan aholi vakillari soha rivojida muhim ahamiyat kasb etadi,- dedi vazir o’rinbosari.

Bugungi qabulda kelib tushgan 11 ta murojaatning 7 tasi joyida bartaraf etilib, 4 tasi bo’yicha qo’shimcha o’rganish olib borilishi ta’kidlandi.