Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida hududlardagi “Yangi Oʻzbekiston" massivlarini barpo etishda maqsadida yig'ilish bo'lib o'tdi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida hududlardagi “Yangi Oʻzbekiston" massivlarini barpo etishda ularning loyihalari, muhandislik kommunikatsiyalari (issiqlik, suv, elektr taʼminoti)da yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi va bu bo'yicha aniq vazifalarni belgilab olish maqsadida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda massivlar loyihasini ishlab chiqayotgan “Qishloqqurilishloyiha” DM, “Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” DM va buyurtmachi tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda massivlarni qurish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻzaro hamkorlikda hal etishga kelishib olindi.



