UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ishtirokida navbatdagi qabul bo'lib o'tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ishtirokida navbatdagi qabul bo'lib o'tdi.

Sayyor qabuldan asosiy maqsad aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, oʻrganish  hamda ularni bartaraf etishdan iborat.

Xususan, Surxondaryo viloyatidan kelgan fuqaroning murojaatiga asosan ko'p qavatli uyning liftida muammolar borligi, haligacha bu masalaga e'tibor qaratilmayotganligi ta'kidlandi.

Inspeksiya rahbari tomonidan mas'ullarga mazkur vaziyatni o'rganib, qonuniy yechim asosida hal qilish bo'yicha muddat belgilab berildi hamda uning ijrosi nazoratga olindi.