UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ

Qurilish va  uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bugun mamlakatimizning har bir sohasida ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik, yangilanish jarayonlari jadallik bilan davom etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ezgu tashabbuslar zamirida faqat bir maqsad, u ham bo‘lsa, xalq farovonligi, tinchligi, obodligini ta’minlash mujassam. Zero, shu aziz Vatan, tinch, osoyishta maskanda barcha orzular ro‘yobini ko‘rib yashashadan ulug‘ ne’mat yo‘q. 

Erta tongda ko‘z ochib yorug‘ dunyoni ko‘rish oliy ne’mat. Bu - tinchlik ne’mati. Lekin ming taassufki, bugun ana shu ulug‘ ne’matni qadriga yetmaydiganlar oramizda uchrab turibdi. Dunyoda kechayotgan notinchliklar, urush va turli nifoqlar sabab minglab odamlarning qoni to‘kilayotgani ham bor gap. Tashqi yot g‘oya va ta’sirlar girdobiga tushib qolayotgan yurtdoshlarimizning ayanchli qismati haqida ham bugun ko‘ryapmiz, eshityapmiz. 

Shu ma’noda bugun Qurilish va  uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ullari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson va uning manfaatlari yo‘lida ezgu sa’y-harakatlar, tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ammotinch osmonimiz, buyuk kelajagimiz uchun rahna solayotgan yot g‘oyalar ham borki, bunda ogohlik va mas’uliyat har birimizning birlamchi vazifamizga aylanishi lozim. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqar ekan, muqaddas dinimizning asl mohiyati tinchlik, farovonlik va ma’rifat dini ekanligi chuqur tahlil qilib berildi. Bugungi  globallashuv zamonida farzandlarimizning ongi-tafakkurini  yot g‘oyalardan asrash,  zararli illatlardan himoya qilish har qachongidanda dolzarb ekanligiga alohida urg‘u berildi. 

-  Yurtimizning tinchligi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Istiqlolimizga rahna solishi mumkin bo‘lgan turli kuchlar  mavjudligi bugun hammamizga ayon. Bu esa har bir davlatda, hududda, oilada, mahallada, butun jamiyatda hushyorlikni oshirishni talab qilmoqda. Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmdan yoshlarimizni asrash har bir ziyoli kishining muhim vazifasidan biri hisoblanadi, - dedi Ilhom Ma’rupov. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi foydalanuvchilari tomonidan qadriyatlarimizni pisand qilmaslik, bunda ota-onalar mas’uliyatini oshirish kabi hayotiy masalalar ilgari surildi.

Shu bilan birga davlat xizmatchisining ijobiy imijiga ta’sir o‘tkazuvchi omillar, ularning odob-axloqi, korrupsion holatlarga nisbatan chidamsizlikni kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida yig‘ilganlar mavzuning bugungi kun uchun dolzarb ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.