UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Маслаҳат-Кенгаши томонидан амалга оширилган ишлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida Kasaba uyushmalari qo'mitalariga uslubiy ko'mak ko'rsatildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida markaziy apparat va uning tizim tashkilotlari Kasaba uyushmalari qo'mitalariga ijtimoiy sheriklik va himoya masalalari, jamoa shartnomalarining bajarilish holati, mehnat qonunchiligiga rioya qilish, hududlardagi ijtimoiy holat tahlili yuzasidan Respublika tarmoq Kengashi boshchiligida uslubiy ko'mak ko'rsatildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga  xodimlarning ijtimoiy ahvoli, qurilish-pudrat tashkilotlarida ishchi-xodimlarga oylik ish haqi to'lanishida ta'rif klassifikatoriga rioya qilinishi lozimligi singari yo'nalishlarda tushuntirish berildi. Jamoa shartnomalarida ayollarga berilgan imtiyoz va kafolatlar masalalari muhokama qilindi.

Xususan, har bir qatnashchi bilan suhbatlashilib, O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining  2021-yil 12-yanvardagi qarori bilan tаsdiqlangan "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020)"ga binoan tizim tashkilotlarida jamoatchilik nazoratini olib borishda nazoratni kuchaytirish borasida amaliy yordam ko'rsatildi hamda kerakli tavsiyalar berildi.