UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida ochiq muloqot

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida ochiq muloqot boshlandi.

Unda vazirlik mutasaddilari, tegishli tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etmoqda. Xususan, qurilish sohasi vakillari – tadbirkorlar, developerlar, pudrat hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari mutaxassislari muloqotga qo‘shilgan.

Muhokama qilinayotgan mavzular: 

  • Elektron reyting tizimi
  • Tender jarayonlari
  • “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” platformasidagi yangiliklar

Ayni paytda ochiq muloqot doirasida “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Bu tizim qanday ishlaydi?

Tasavvur qiling, siz qurilish materiali – masalan, sement xarid qilmoqchisiz. Bozorga borganingizda turli sotuvchilar har xil narx va sifatdagi mahsulotni taklif qiladi. Ba’zilar tarkibini yashiradi, ba’zilar esa narxni sun’iy oshirishi mumkin.

Endi esa bunday mahsulotlar yagona elektron platformaga joylashtirilganini tasavvur qiling:

  • har bir qurilish materiali standart asosida tasniflanadi va unga individual kod beriladi;
  •  xaridorlar turli sotuvchilarning narx va sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslab, eng maqbul variantni tanlay oladi;
  •  ortiqcha vositachilar yo‘qoladi, bozorda narxning sun’iy oshirilishi oldi olinadi.

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” platformasi qurilish materiallari bozorini tartibga solishga xizmat qiladi. Shaffof narxlar, aniq standartlar va raqobat muhiti natijada ham tadbirkorlar, ham xaridorlar manfaatdor bo‘ladi.

 Muloqotda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etmoqda.