UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Shaharsozlikdagi dolzarb masalalar: Kelajakka nigoh” mavzusida seminar tashkil etildi

Avvalgi yillardan farqli ravishda yakunlangan yil qurilish sohasida sermahsul yil boʻldi. Buni 2023-yilda qurilish ishlarining taxminan 107 foizga ortganligi bilan ham izohlash mumkin.

2023-yilda respublikamiz boʻyicha jami qurilish ishlari hajmi 140 trln. soʻmdan oshdi. Bunda asosan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, infratuzilma obyektlari, muhandislik kommunikatsiyalari va yirik ishlab chiqarish inshootlari qurilishiga oid maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi hamda tashabbusli byudjet tizimining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan  40 ta hududda mega loyiha yaʼni “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishi jadal olib borildi.

Umuman olganda 2023-yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortib, 90 ming xonadonli uylarda qurilish ishlari tashkil etildi. Birgina oʻtgan yili shaharsozlik norma va qoidalarini takomiliga yetkazish boʻyicha muayyan chora- tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 15 ta shaharsozlik normalari va qoidalari, 34 ta standartlar 27 ta qurilish reglamentlari, 10 ta “Smeta-resurs” normalari ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yilda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi 47 ta faoliyat kodiga oid “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Kompleks sinov laboratoriyasi Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida 21 turdagi qurilish materiallari va buyumlarining 200 dan ortiq sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan seminarda ham ana shular haqida soʻz borar ekan, kelgusidagi vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi. Xususan, 2024-yil Vazirlikning asosiy yoʻnalishlari, normativlarni yangilash va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, arxitektura va urbanizatsiyaga oid masalalar ishtirokchilar diqqat markazida boʻldi. Taʼkidlandiki, vazirlik huzurida bugungi kunda Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilindi  va Shaharsozlik norma va qoidalari hamda standartlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish va ularning fondini yaratish asosiy vazifa sifatida belgilandi.

Bundan tashqari Vazirlikning asosiy yoʻnalishlaridan yana biri shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, arxitektura va urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi tashkil etildi. Seminarda ushbu sohadagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida har bir tizim tashkiloti 2024-yilda oldindan strategiyasini belgilashi va oʻz yoʻnalishi boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olishi zarurligi taʼkidlandi.  

Shuningdek, qurilish normalari boʻyicha amaldagi muammolarni oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy, ekspluatatsiya hamda xavfsizlik jihatdan samaradorlikka erishishni inobatga olgan holda halqaro standartlarni uygʻunlashtirgan holda  rejalarini ishlab chiqish zarurati xususida maʼruzalar tinglandi. Seminarda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “OʻzshaharsozlikLITI”, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Juru kompaniyasi vakillariham ishtirok etib,  sohadagi ustuvor mavzular yuzasidan taqdimotlar qildilar.