QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA VAZIR O‘RINBOSARI BOSHCHILIGIDAGI MAS'ULLAR ''SIBUR''NING MDH MAMLAKATLARIDAGI SAVDO BO'LIMI BOSHLIG'I BILAN UCHRASHISHDI
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov boshchiligidagi mas'ullar Rossiyadagi eng yirik gazni qayta ishlash va neft-kimyo kompaniyasi ''SIBUR''ning MDH mamlakatlaridagi savdo bo'limi boshlig'i Igor Leonidovich Shurov bilan uchrashishdi.
Tomonlar sohadagi islohotlar haqida fikr almashgach, o‘z takliflarini taqdimotlar orqali namoyish etishdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, ''Sibur'' kompaniyasining asosiy mahsulotlari asosan polimerlar ya'ni polipropilen va polietilenlardir. Shuningdek, unda PVX, poliuretan, polikarbonatlar, polietilentereftalat, sintetik kauchuklar va boshqalar ishlab chiqariladi. Kompaniya 1995-yilda tashkil etilgan bo‘lib, faoliyat yo‘nalishi yoqilg'i va xomashyo segmenti hisoblanadi.
Uchrashuv davomida vakillar hamkorlikda olib boriladigan ishlarning istiqbolli rejalarini ham muhokama qilishdi.