UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida ma’naviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida ma’naviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari, jumladan, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, “Kommunal ta’minoti markazi” davlat muassasasi, Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari hamda hududiy bosh boshqarmalar vakillari zoom platformasi orqali faol ishtirok etdilar.

 Tadbir davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qurilish va kommunal sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ayniqsa, sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodim tartib, intizom va masʼuliyat bilan ish olib borishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, vazifalarni sidqidildan bajarish soha rivojining eng muhim omillaridan biri ekani qayd etildi.

 Tadbirda mustaqillik bebaho neʼmat ekani, uni asrab-avaylash esa har bir insonning muqaddas burchi ekanligi haqida so'z yuritildi. Mustaqillik xalqimiz hayotiga erkinlik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, Vatanga sadoqat, adolat, ezgulik va osoyishtalik kabi yuksak qadriyatlarni olib kirgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ana shu neʼmatlar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qilayotganiga alohida urg'u berildi.