UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga kommunal sohaga oid kelib tushgan murojaatlar (Rasmiy munosabat)

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga kommunal sohaga oid kelib tushgan murojaatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:


Toshkent shahar Mirobod tumani Mironshoh 7 ko‘chasi  3-uyning 1-pod’ezdidagi lift ko‘p holatlarda nosoz holatga kelib qolayotgani tanqid ostiga olingan holat tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Aholiga mazkur uydagi ma’nan eskirgan liftlarni almashtirish tegishli davlat dasturiga kiritilgani yuzasidan tushunchalar berildi. 


Yunusobod tumani  9-mavze “Sobirobod” mahallasi 5-uyda yashovchi fuqarolar mahalla ko‘chalari kam supurilishi, qurib qolgan daraxt va daraxt shoxlari kesib olib tashlanmayotgani yuzasidan shikoyat qilgan. Mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotiga aholi tomonidan keltirilgan haqli talablarni qondirish vazifasi yuklatildi. Hozirda boshqaruv tashkiloti vakillari haftada 3 marta tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. 


Yunusobod tumani 17-mavze 12-uyning yerto‘la qismi abgor va nosoz ahvoldaligi tanqid ostiga olingan holat bo‘yicha ham o‘rganish ishlari olib borildi. Hozirda mazkur muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 


Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chas 67/2-67/3 uylarda alyukobond parchasi osilib turgani, yerga tushsa kimgadir zarar yetkazishi ta’kidlangan holat ham bartaraf etilib, mulkdorlar xavfsizligi ta’minlandi. 


Yunusobod tumani 4-daha 5-uyning yer to‘la qismi abgor holatga kelib qolgani, uyning atrofida yashil maydon, bolalar o‘yingohi mavjud emasligi, qatnov yo‘llari ta’mirtalabligi iddao qilingan hamda bu boradagi murojaatlar e’tiborsiz qoldirilgani ta’kidlangan holat bo‘yicha ishchi guruh tuzilib hozirda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. 


Yangihayot tumani Yo‘ldosh-6 mavzesidagi uylarning suv quvurlari almashtirilmayotgani va boshqa kamchiliklar tanqid qilingan vaziyat bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berilib, holatni yaxshilash bo‘yicha aniq muddat belgilangan. 7 ish kunidan keyin mazkur holat yana bir marta o‘rganilishini ma’lum qilamiz. 


Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Assalom sohil” turar-joy majmuasi yashovchilar xabarisiz BSKga biriktirilib, aholidan noqonuniy yig‘imlar talab qilayotgani tanqid qilingan holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Aholi vakillariga boshqaru vorganini tanlash o‘zlarining ixtiyorlari bilan amalga oshirilishi, uning tartibi xususida batafsil ma’lumot berildi. 


Uchtepa tumani 11-hudud 59-uyning elektr ta’minot tizimi, ya’ni kabellari bilan bog‘liq muammolar borligi ta’kidlangan holat hozirda ushbu uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkiloti tomonidan bartaraf etilmoqda.