UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan seminar-trening tashkil etildi

“Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatini hududlardagi boshqarish organlariga yetkazish hamda ijrosini sifatli tashkil qilish maqsadida  Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

 Ushbu seminarda boshqarmaning shahar, tuman mas'ullari, boshqaruv servis kompaniyalari rahbar va ishchi xodimlari, viloyat Adliya boshqarmasi, Soliq inspeksiyasi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa  mutassaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda qarorning mazmun-mohiyati, uning sohani takomillashtirish jarayonidagi o'rni haqida so'z bordi. Shuningdek, mutasaddilar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdilar.