UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish va sohaga grantlarni jalb etish maqsadida davra suhbati  tashkil qilindi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish va sohaga grantlarni jalb etish maqsadida davra suhbati  tashkil qilindi.

 Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining bo’limi boshlig’i K.Idirisov, Orol bo‘yi innovatsiya markazi boshlig‘i B.Habibullayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri K.Aytbayev hamda vazirlikning shahar va tuman bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi. 

Suhbat davomida sohaga grantlar jalb qilish va mazkur yo’nalishni takomillashtirish maqsadida rivojlangan davlatlar texnologiyalarini joriy etish hamda tegishli xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatishga oid masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida bir qator xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.