UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi

Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.
 
Navbatdagi manzil Termiz tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etilayotgan Termiz pedagogika universiteti boʻldi. Bu yerda qurilish me’yorlariga amal qilinmayotgani tanqid qilindi. Vazir oʻrinbosari eng avvalo, quruvchilarning hayoti va xavfsizligi muhim ekanini, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan taʼminlash lozimligini taʼkidladi. Shu bois obyekt masʼullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 

Shuningdek, oliygoh oʻz nomiga monand boʻlishi qayd etildi. 

“Bu yerdan kelajagamiz liderlari yetishib chiqadi. Universitet esa ularning taʼlim olishlari uchun qulay, xavfsiz hamda kamchiliklarsiz boʻlishi kerak”, - deya taʼkidladi Toir Alimatov. 

Bundan tashqari energosamaradorlik qoidalariga amal qilish zarurligi qayd etildi. Jarayonda hududiy inspeksiya mutaxassislariga tegishli koʻrsatmalar berilib, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish lozimligi tushuntirildi.