Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari (REYD)
Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda joylarda ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanishda aholining belgilangan qoidalarga amal qilinishi bo'yicha reyd tadbirlarini olib borilmoqda.
Ayni tadbir davomida Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-mavze “Shuhrat” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan shahar ichimlik suv tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganlik holati aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarlik bo'yicha fuqaroga inspeksiya xodimlari tomonidan MJtKning tegishli moddasi boʻyicha jarima qoʻllanildi va holat bartaraf qilinishiga erishildi.




