Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabuldan maqsad fuqarolarning qurilish sohasiga oid dolzarb muammolarini tinglash, ularga joyida yechim topish hamda mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etishdan iboratdir.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan koʻtarilgan bir qator masalalar, jumladan, aholi roziligisiz boshlangan qurilish ishlari, koʻp qavatli uylar qurilishidagi qonunbuzarlik holatlari atroflicha muhokama qilindi.
Jarayonda 10 tadan ortiq murojaat tinglandi va ularning har biri vakolat doirasida oʻrganilishi hamda qonuniy tartibda hal etilishi belgilandi.
Inspeksiya rahbari tomonidan har bir murojaatga masʼuliyat bilan yondashilib, tegishli mutaxassis va masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi. Mavjud muammolarni hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi va ularning ijrosi bevosita rahbar nazoratiga olindi.