UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov tomonidan soha doirasida olib borilayotgan ishlar, qurilish va kommunal sohalarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Nazorat ishlarining samaradorligini oshirish, qurilish va kommunal sohalardagi noqonuniy holatlarga qatʼiy va qonuniy tarzda chek qoʻyish, hududiy inspeksiyalar faoliyatini yanada kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Har bir hududiy inspeksiya rahbarining hisoboti eshitilib, faoliyat samaradorligi tahlil qilindi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar qatʼiy tanqid qilinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

 Yigʻilish yakunida tizimli nazoratni kuchaytirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va faoliyat natijadorligini oshirish sohadagi asosiy yoʻnalish sifatida belgilandi.