UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Koreya Respublikasining delegatsiyani qabul qildi

Oʻzbekiston va Koreya munosabatlari qurilish sohasida ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda.  Bunda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari va unda erishiligan kelishuv hamda imzolangan shartnomalar huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Ana shunday mushtarak aloqalar rivoji qurilish sohasi masʼullari bilan boʻlib oʻtayotgan oʻzaro manfaatli uchrashuvlarda ham yaqqol koʻzga tashlanmoqda. 

Xususan, bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) hamda Koreya qurilish muhandisligi va texnologiyalar instituti (KICT) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro qurilish assotsiatsiyasi raisi Park Sun-Ho boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati yuksak eʼtirof etildi.

Shuningdek, qurilish sohasida Koreya bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligi va ushbu davlatning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda mamlakatimiz qurilish normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish borasida qilingan ishlarning bugungi holati, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, mavjud loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va kelajakda qurilishda zilzilabardoshlik, energosamaradorlik,  yongʻin va qurilish muhandisligi xavfsizligi yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirishda barcha imkoniyatlarni ishga solish taklifini bildirdi.