UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Xitoy Xalq Respublikasining China CAMC Engineering Co., Ltd. kompaniyasi direktorlar kengashi raisi janob Vang Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.Zokirov Xitoy Xalq Respublikasining China CAMC Engineering Co., Ltd. kompaniyasi direktorlar kengashi raisi janob Vang Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Uchrashuvda Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi muhokama qilindi. China CAMC Engineering Co., Ltd. kompaniyasi direktorlar kengashi raisi janob Vang Bo Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorligimizning muhim bosqichi ekanligini taʼkidlab, pudratchi kompaniya direktorlar kengashi raisi sifatida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida asosiy manfaatdor tomonlar, jumladan, tegishli davlat organlari Sport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi va loyiha boshqaruvi guruhlari vakillarining takliflari muhokama qilindi. 

Ushbu muzokaralardan maqsad loyihaning hozirgi holati haqida umumiy maʼlumot berish, mavjud muammolarni hal qilishda potensial strategiyalar boʻyicha fikr almashish va loyihani xalqaro standartlarga moslashtirishda kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat boʻldi.