UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov bugun Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bo’ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov bugun Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bo’ldi. Xabaringiz bor, kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida boʻlib, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan edi. Tashrif doirasida davlatimiz rahbari sohalarda amalga oshirishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab berilgandi. 

Shundan kelib chiqqan holda bugun vazir o’rinbosari Toir Alimatov Chirchiq shahrida barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlari, bino va inshootlarning qurilish jarayonlari bilan tanishib, bu borada bajarilishi zarur boʻlgan masalalarni tanqidiy-tahliliy o’rgandi.

Xususan, kommunikatsiya tarmoqlari, elektr taʼminoti, yo’l infratuzilmasi qurilishini ham sifatli va oʻz muddatida bajarish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. 

Ayni kunlarda Chirchiq shahrida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida ishlar jadallik bilan ketmoqda. Albatta, qilingan ishlar qatori muammolar ham yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar ham yoʻq emas. Vazir oʻrinbosari kuzatuvlar davomida ana shu kabi masalalar yechimiga eʼtibor qaratdi. 

Obyektlardagi pardozlash ishlari, texnika xavfsizligiga amal qilish, qurilish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

Toir Alimatov boshchiligidagi Ishchi guruhning Toshkent viloyatidagi o‘rganish ishlari  davom etmoqda, keyingi manzil Toshkent tumani.