UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alimatov Toir NAMATULLAYEVICHning sayyor qabuli (SAMARQAND SHAHRI)

Samarqand shahrida sayyor qabul boshlandi. Unda Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov hamda boshqa masʼullar viloyatda qurilish va kommunal masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni oʻrganishmoqda. 

  Dastlab, “Perfect crystal water” MCh rahbari A.Rahmatov Samarqand shahrida koʻp qavatli uylar qurilishini boshlagani va ayni paytda lift yetkazib berishda muammoga duch kelayotganini maʼlum qildi. Vazir oʻrinbosari T. Alimatov ushbu murojaatni oʻrganib ijobiy hal etish yuzasidan oʻz fikrini bildirdi. Yana bir murojaat egasi Mansur Umarov  ham koʻp qavatli uylarga oʻrnatilgan lift qurilmalarining tegishli tashkilotlardan sertifikat taqdim etilmayotganidan shikoyat qildi. O‘z o‘rnida vazir o‘rinbosari ham ushbu holat bilan bog‘liq o‘z fikrlarini bildirdi.

    Eslatib oʻtamiz, sayyor qabulda vazir oʻrinbosari T.Alimatov,  Koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va eksplutatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Halilov hamda Murojaatlar bilan ishlash va dispetcherlik xizmati boʻlimi boshligʻi U.Rahimov shuningdek, Samarqand viloyati qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi L.Hamidov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi U.Mirzayevlar fuqarolarni qabul qilmoqda.

 


 

Sayyor qabul davomida yana bir murojaatchi  E.Suyarov “Menzura tasvir servis” MCHJ egasi ekanligini ta'kidlab, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tender savdolarida ishtirok eta olmayotganini bildirdi. Toir Alimatov murojaatga javob berar ekan,  ushbu platformada inson omilining aralashuviga mutlaqo chek qoʻyilganligi va barcha jarayonlar tashkilotlararo integratsiya qilinganligini tushuntirdi. Shunday boʻlsada masʼullarga muammoning sababi aynan qanday omillarga bogʻliq ekanligini tushuntirib berishlari boʻyicha topshiriq berdi.

- Inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish muhimg ahamiyat kasb etadi. Sohaga oid muammolarni joyida o'rganib, hal qilish orqali esa xalqimizning davlat idoralariga, ertangi kunga ishonchini oshiramiz. Shunday ekan, bu yo'lda sustkashlikka yo'l qo'yishga haqqimiz yo'q, - dedi vazir o'rinbosari Toir Alimatov.